Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin jamoani tark etmoqchi. Bu haqda RealMadridExclusivo xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Lunin “Real” prezidenti Florentino Perez bilan shoshilinch yig’ilish o’tkazib, kelajagini muhokama qilgan.
Qayd etilishicha, ukrainalik darvozabon Peresga amaldagi shartnomasini yakunlab, 2025-yilning yozida erkin agent sifatida klubni tark etish niyatida ekanligini aytgan.
Ma’lumot uchun, Lunin 2018-yilning yozidan beri “Real” safida to’p surmoqda. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 48 ta o’yinda maydonga tushib, 16 tasida o’z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.