“Liverpul” bosh murabbiyi Anre Slot Muhammad Saloh mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Sizning so’zlaringizda “agar” so’zi juda ko’p. Ayni damda Saloh biz bilan birga va men bundan juda xursandman. U ajoyib o’yin ko’rsatmoqda.
Men o’yinchilarning shartnomasi haqida gapirmoqchi emasman, lekin agar qiziqsangiz, ularning o’yinlarini soatlab muhokama qilishim mumkin”, – deya Slotning so’zlarini keltiradi The Independent.
Avvalroq matbuotda misrlik hujumchi “Manchester Yunayted”ga qarshi g’alabadan keyin (3:0) bu mavsum u uchun so’nggisi bo’lishi mumkinligini aytgani haqida ma’lumotlar paydo bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, Saloh joriy mavsum klub safida jami 3 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning mersisaydliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.