Nigeriyalik hujumchi Viktor Osimhen “Galatasaroy” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, turk klubi Osimhenni “Napoli”dan 2025-yilning yoziga qadar ijaraga oldi.
Qayd etilishicha, Viktor yangi klubi safida 45-raqamda harakat qiladi.
Eslatib o’tamiz, futbolchi yozgi transferlar oynasida “Chelsi”dan kelgan taklifni rad etgandi. Shundan so’ng, “Napoli” uni A Seriyaning yangi mavsumi uchun o’z tarkibidan chiqarib tashlagandi.