Angliya Premyer-ligasi 3-turida “Manchester Yunayted” “Liverpul”ga qarshi maydonga tushdi va yakunda 3:0 hisobida mag’lubiyatga uchradi.
Ushbu mag’lubiyatdan so’ng mankunianliklar bosh murabbiyi Erik Ten Xag klub antirekordlar ro’yxatiga kirdi.
Joriy mavsum “Manchester Yunayted” APL’ning dastlabki uch turida ikkinchi bor mag’lub bo’ldi. Klub 2022/2023-yilgi mavsumda ham Ten Xag boshqaruvida chempionatning 3-turiga kelib ikkinchi mag’lubiyatini qabul qilib olgandi.
Shu tariqa, Erik Ten Xag Premyer-liganing dastlabki uch turida ikkinchi bor ikki marta mag’lub bo’lgan “Manchester Yunayted” tarixidagi birinchi murabbiyga aylandi.
Eslatib o’tamiz, joriy mavsum mankunianliklar “Brayton”ga imkoniyatni boy bergandi (1:2). Ikkinchi turda esa klub “Fulhem” ustidan minimal hisobda g’alaba qozondi (1:0).