Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Dani Olmo mavsum oxirigacha emas, balki 2024-yilning 31-dekabrigacha ro’yxatdan o’tkazilgan. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
“Dani Olmo 31-dekabrgacha ro’yxatga olingan. Agar “Barselona” ro’yxatdan o’tkazish masalalarini hal qilmasa, Olmo 1-yanvar sanasida arizadan chetlashtiriladi”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq “Barselona” jarohat olgan himoyachi Andres Kristensenning o’rniga 2024/2025-yilgi mavsum uchun Dani Olmoni ro’yxatdan o’tkazganligi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, Olmoning kataloniyaliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.