Londonning “Chelsi” klubi qishki transferlar vaqtida “Barselona”ning o’ng qanot himoyachisi Jyul Kundeni sotib olish imkoniyatlarini o’rganib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “aristokratlar” Kunde uchun 60 million yevro to’lashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Jyul joriy mavsum barcha turnirlarda 6 ta uchrashuv o’tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.