Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger Ispaniya La Ligasi 17-turidan o’rin olgan “Barselona” va “Leganes” o’rtasidagi o’yin natijasini kulgu bilan qarshi oldi.
Eslatib o’tamiz, ushbu bahsda “ko’k-anorranglilar” o’z maydonida 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo’ydi.
Red Bull tadbiriga tashrif buyurgan Ryudiger ushbu natijaga noodatiy munosabatda bo’ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda Antonio telefonda “Barselona”ning o’yindagi mag’lubiyatini ko’rsatib, masxara qilgan video tarqaldi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” ayni dam La Liga turnir jadvalida 38 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. “Real” esa 37 ochko jamg’arib, 3-o’rinda bormoqda.