“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi dastlabki uchta o’yinda APL jamoalaridan ko’ra ko’proq gol urdi (7 ta).
Norvegiyalik hujumchi Angliya chempionatining 1-turida “Chelsi” (2:0), 2-turida “Ipsvich” (4:1) va 3-turida “Vest Hem” (3:0) darvozasini ishg’ol qildi.
Ma’lumot uchun, Xolandning “Man. Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.