Janubiy Koreyaning Mungyong shahrida dzyudo bo’yicha o’smirlar o’rtasida Osiyo chempionati o’z yakuniga yetdi.
Bugun o’tkazilgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor bo’lishdi.
Quvonarli jihati shundaki, musobaqada 7 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza, jami 13 ta medalni qo’lga kiritgan yoshlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egallashdi.