O’zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov JCh-2026 saralash bosqichi doirasidagi Qatarga qarshi o’yin oldidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Kecha tarkibga kelib qo’shildik. Endi mashg’ulotlarni boshlaymiz, hamma tayyor, hamma bor, bitta Ostonni yo’qotish deb hisoblamasak.
Birinchi navbatda, har doim aytib o’tganimday Jahon chempionatiga chiqish vazifamiz bor. Hozir imkoniyatimiz juda yaxshi. Qatarni yutsak, bundan ham yaxshi imkoniyatga ega bo’lamiz. Shuning uchun faqat uch ochko uchun harakat qilamiz.
Boshqa tomondan olib qarasak, bizni ortimizda Qatar kelyapti. Iloji boricha ularni yaqinlashtirmaslikka harakat qilamiz”, – deydi Shomurodov.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston – Qatar o’yini 14-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.