Genuyaning “Sampdoriya” klubi bosh murabbiy Andre Pirloni iste’foga chiqardi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Italiyalik mutaxassis o’tgan yozda jamoa boshqaruvini o’z qo’liga olgandi. 2023/2024-yilgi mavsumda “Sampdoriya” B Seriyada 7-o’rinni egalladi va A Seriyaga qaytolmadi.
Yangi mavsumda genuyaliklar B Seriyada bor yo’g’i bitta ochko jamg’argan holda, turnir jadvalida so’nggi o’rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, jamoa Pirlo boshqaruvida jami 45 ta uchrashuv o’tkazib, 18 ta g’alabaga erishgan, 17 bor mag’lub bo’lgan va 10 marta durang natija qayd etgan.
“Sampdoriya” Andre Pirloni iste’foga chiqardi

Leave a review