Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Jud Bellingem uning qo’ng’irog’iga javob bermaganini aytib, hazil qildi.
“Men futbolchilar bilan doim aloqadaman. Lekin yaqinda men Bellingemdan g’azablandim. Chunki u mening qo’ng’irog’imga javob bermadi. Keyin Vinisiusdan unga qo’ng’iroq qilishini so’radim va u darhol javob berdi.
Vinisius menga telefonni uzatdi va shundagina men Jud bilan gaplasha oldim”, – dedi tabassum bilan Karlo Anchelotti.
Ha Bellingem😂