UEFA prezidenti Aleksander Sheferin Saudiya chempionatida to’p surayotgan hujumchi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o’rtoqlashdi.
“Ronaldu Chempionlar ligasining eng yorqin yulduzlaridan biri. Uning yutuqlariga erishish keyingi avlod uchun jiddiy muammo bo’ladi.
Krishtianuda yuqori professionallik va ish axloqi bor. U o’z ishiga juda sadoqatli. Boshqa futbolchilar ham shunday fazilatlarga ega bo’lishga intilishlari kerak”, – deydi Cheferin.
Eslatib o’tamiz, Ronaldu Yevropadagi faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus” klublari safida to’p surgan.