Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Koul Palmer “Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi Ueyn Runi va “Real” hujumchisi Kilian Mbappe o’rtasida tanlov qildi.
“Kilian Mbappe yoki Ueyn Runi? Men Mbappeni tanlagan bo’lardim”, – deya Palmerning so’zlarini keltiradi Goal nashri.
Eslatib o’tamiz, Palmer 2023-yilning yozida “Man. Siti”dan “Chelsi” safiga borib qo’shilgan. Shu vaqtga qadar futbolchi londonliklar safida jami 46 ta o’yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi.