“Manchester Yunayted”ning sobiq futbolchisi Rayan Giggz klub rahbariyatini o’n yil davomida noto’g’ri qarorlar qabul qilganlikda aybladi va amaldagi bosh murabbiy Ruben Amorimni qo’llab-quvvatlashga chaqirdi.
“Har qanday biznesda bo’lgani kabi, qarorni to’g’ri qabul qilish kerak, ammo “Manchester Yunayted”da so’nggi o’n yil ichida bunday holat kuzatilmadi. Birin-ketin noto’g’ri qarorlar qabul qilindi. Endigi savol Amorimga kerakli futbolchilar, qo’llab-quvvatlash va eng muhimi, vaqt taqdim etiladimi?
Hozir yomon ahvoldamiz, lekin birinchi navbatda shuni aytishim kerakki, menga bu murabbiy juda yoqadi. Vaqt va imkoniyat berilsa, Amorim klubni avvalgi mavqeyiga qaytaradi. Ammo biz hozir bundan yiroqmiz”, – deydi Giggz.
Ma’lumot uchun, “qizil iblislar” o’tkazilgan 24-turdan so’ng 29 ochko jamg’argan holda APL turnir jadvalida 13-o’rinda bormoqda.