“Napoli” klubi markaziy hujumchisi Viktor Osimhen joriy transferlar oynasida jamoasini tark etishi mumkin. U APL’ning top-klublaridan yaxshi takliflar kutmoqda. Bu haqda Fabris Xokins xabar berdi.
Manbaga ko’ra, nigeriyalik futbolchi faoliyatini “Chelsi”da davom ettirmoqchi, biroq maoshi qisqarishiga rozi emas.
Qayd etilishicha, hujumchi uchun kurashda londonliklarga Saudiyaning “Al-Ahli” klubi raqobat qilmoqda va ular Viktorning maosh talablarini bajarishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Osimhen o’tgan mavsum A Seriyada 25 ta o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.