Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe xakerlar qurboniga aylandi.
La Parisien nashrining xabariga ko’ra, fransiyalik futbolchining 14 milliondan ortiq obunachiga ega X ijtimoiy tarmog’i kecha tunda buzib kirilgan. Firibgarlar uning nomidan shov-shuvli xabarlarni chop qila boshlagan.
Jumaladan, Mbappening nomidan ushbu mazmundagi xabar tarqatilgan: “Krishtianu Ronaldu barcha davrlarning eng yaxshi futbolchisi. Bu mitti (Messining forosurati ilova qilingan) GOAT emas”.

Mbappe nomidan, shuningdek, “Manchester Yunayted”ni qo’llab-quvvatlovchi va “Manchester Siti”, “Tottenhem hamda “Chelsi”ni masxara qiluvchi bir nechta xabarlar chop etilgan.
Biroq hozirda xakerlar hujumi bartaraf etilgan va barcha postlar o’chirib tashlangan.