“Valensiya” va Gruziya terma jamoasi darvozaboni Giorgi Mamardashvili faoliyatini “Liverpul”da davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romano xabariga ko’ra, gruziyalik kiper mersisaydliklar safiga o’tishga tayyorligini bildirgan.
Manbaga ko’ra, “Liverpul” Mamardashvilini sotib olib, keyin uni boshqa klubga ijaraga bermoqchi. Ta’kidlanishicha, “qizillar” darvozabonni 30 million yevroga sotib olish mumkinligiga ishonmoqda.
Ma’lumot uchun, Mamardashvili Yevro-2024da ishtirok etib, 30 ta seyv amalga oshirgan. U o’tgan mavsum “Valensiya” safida 32 ta o’yinda maydonga tushib, 12 tasida o’z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.