Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Charlz Oliveyra tez orada oktagonga qaytishi mumkin.
“Do’stlar, men jang qilishni o’ylayapman. Bilaman, barchangiz meni oktagonda ko’rishni xohlaysiz. Umid qilamanki, keyingi janggim tez orada e’lon qilinadi.
Hozir men mashg’ulotlarda ter to’kib mehnat qilyapman, lekin tez orada yengil vazn toifasida ovga chiqaman”, – deydi Oliveyra.
Eslatib o’tamiz, Charlz Oliveyra o’zining oxirgi janggini UFC 300 turniri doirasida Arman Sarukyanga qarshi o’tkazgan va hakamlarning bo’lingan qarori evaziga mag’lub bo’lgandi.