Leverkuzenning “Bayer” klubi hujumchisi Patrik Shik faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.
La Gazzette dello Sport xabariga ko’ra, Turinning “Yuventus” klubi qishki transferlar oynasida hujum chizig’ini kuchaytirish imkoniyatlarini ko’rib chiqmoqda.
Manbaga ko’ra, turinliklar “Bayer” forvardi Patrik Shikga qiziqish bildirmoqda va uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. “Yuventus”ga Shikning nafaqat jamoani o’zgartira olishi, balki uning maoshi ham klub uchun og’ir bo’lmasligi ma’qul kelmoqda.
Bundan tashqari, Patrik o’zining ko’p qirraliligi bilan, ya’ni yagona markaziy hujumchi sifatida ham, boshqa hujumchi bilan juftlikda o’ynay olishi bilan ham “Yuve”ni o’ziga tortmoqda.
Ma’lumot uchun, chexiyalik forvard joriy mavsum leverkuzenliklar safida 14 ta o’yin o’tkazib, 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 22 million yevroga baholanmoqda.