Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior “Oltin to’p”ni qo’lga kiritishi kerakligini aytdi, shuningdek, ushbu sovrin haqidagi o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Vinisius, albatta, “Oltin to’p”ga loyiq edi, ammo bu mukofot endi hech qanday ahamiyatga ega emas. Men Vinining o’rniga o’zimni qo’yib ko’rdim. U bunga loyiq edi”, – deydi Ronaldu.
Eslatib o’tamiz, Vinisius Junior 2024-yilgi “Oltin to’p” uchun kurashda Ispaniya terma jamoasi va “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodriga imkoniyatni boy berib qo’ygandi.
Ma’lumot uchun, Vini joriy mavsum barcha turnirlarda 27 ta o’yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 200 million yevroga baholanmoqda.