Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Harri Keyn 2023/2024-yilgi mavsum uchun “Oltin butsa” bilan taqdirlandi.
Angliyalik forvard o’tgan mavsum Bundesligada 36 ta gol urib, kuchli beshlik chempionatlari to’purariga aylangandi.

“Men uchun juda g’ururli lahza. Bu mening jamoadoshlarim, murabbiylarim, muxlislarim va oliamning qo’llab-quvvatlashisiz amalga oshmas edi”, – deydi Keyn.
Ma’lumot uchun, Harri Keyn o’tgan mavsum klub safida jami 45 ta o’yinda maydonga tushib, 44 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.