Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappening La Ligada gol ura olmayotganiga munosabat bildirdi.
Fransiyalik futbolchi chempionatning dastlabki ikki turida “Malyorka” va “Valyodalid”ga qarshi o’yinda maydonga tushdi.
– Mbappe hali ham jamoaga moslashyaptimi?
– U muvaffaqiyatga erishyapti. U kamtarlik bilan ishlamoqda. Uning moslashish jarayoni yaxshi ketmoqda.
– Kilian hali La Ligada gollari hisobini ochgani yo’q. U o’zini qanday his qilmoqda?
– Hali tashvishlanishga erta. U gol urishni xohlaydi, – deydi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, “Real” La Liga doirasida o’zining navbatdagi o’yinini 29-avgust kuni “Las-Palmas”ga qarshi o’tkazadi.