Reglamentga ko‘ra, Superliganing 2024-yilgi mavsumida 14 ta jamoa g‘oliblik uchun kurashadi. Yakunda so‘nggi o‘rinni egallagan bitta jamoa musobaqa bilan xayrlashadi.
Uning o‘rniga Pro liganing dastlabki ikki jamoasi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Yana bitta yo‘llanma esa Superliganing 12-13 hamda Pro-liganing 3-4-jamoalari o‘rtasida o‘ynaladi.
Bunda Pro-liganing 4-jamoasi uy o‘tish o‘yinida Superliganing 12-jamoasini, Pro-liganing 3-jamoasi esa uy o‘tish o‘yinida Superliganing 13-jamoasini qabul qiladi. Har ikki bellashuv mag‘lublari neytral maydonda Superliganing 16-ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritadi.
Demak, yuqoridagilar orqali guvohi bo‘lganingizdek, 2025-yilgi mavsumdan boshlab O‘zbekiston Superligasida 16 ta klub ishtirok etadi. Joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, Pro-ligadan eng kamida 3 ta jamoa Superliga yo‘llanmasiga ega chiqadi.