Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Barca Universal ispan matbuotiga tayanib xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Manchester Siti” Yamalga qiziqish bildirmoqda va transfer uchun “Barselona”ga 275 million yevro taklif qilgan.
Qayd etish joiz, agarda ushbu bitim amalga oshsa, bu futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Lamin Yamal joriy mavsum barcha turnirlarda 43 ta o’yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 21 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.