Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Lamin Yamal “Real”ga yangi kelgan Din Xeysen haqida hazil qildi.
Gap shundaki, har ikki futbolchi ham Ispaniya terma jamoasiga chiqarilgan. Terma jamoa matbuot xizmati ikkala futbolchilarning qo’shma suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Yamal esa surat ostiga quyidagicha izoh yozib qoldirgan:
“Mening yangi o’yinchog’im”.
Eslatib o’tamiz, “Real” may oyida Din Xeysenni “Bornmut”dan 60 million yevro evaziga sotib oldi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya terma jamoasi 5-iyun kuni Millatlar Ligasi doirasida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.