“Napoli” markaziy hujumchisi Viktor Osimhen joriy transferlar vaqtida jamoani tark etishi mumkin.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, forvardga hozirda “Chelsi” va “Al-Hilol” qiziqish bildirmoqda. Viktor bu ikki klubdan birini tanlashiga to’g’ri keladi.
Ma’lumot uchun, Osimhen o’tgan mavsum A Seriyada 25 ta o’yin o’tkazib, 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.