Ispaniya terma jamoasi sobiq himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini Meksikada davom ettiradi.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, Ramos “Monterrey” klubi bilan shartnoma imzolagan. Futbolchi tez orada yangi jamoasi safiga borib qo’shiladi.
Eslatib o’tamiz, Ramosning so’nggi klubi “Sevilya” edi. U o’tgan mavsum barcha turnirlarda 37 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.