“Liverpul” kelasi yozda “Bayer” markaziy himoyachisi Jonatan Tani erkin agent sifatida qo’lga kiritmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, mersisaydliklar Taning yangi mavsumdagi o’yinidan hayratda qolgan. Klub kelasi yozda futbolchi uchun “Barselona” bilan raqobatlashmoqchi.
Eslatib o’tamiz, Jonatan Ta o’tgan mavsum leverkuzenliklar bilan Germaniya chempioni va mamlakat kubogini qo’lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Ta joriy mavsum barcha musobaqalarda 4 ta o’yinda maydonga tushdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.