PSJ klubi yarim himoyachisi Manuel Ugarte faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar 23 yoshli futbolchining transferi borasida 50+10 million yevroga kelishib olgan.
Ma’lumot uchun, Ugarte o’tgan mavsum Liga 1’da 25 ta o’yin o’tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.