Kataloniyaning “Barselona” klubi “Bayer” markaziy himoyachisi Jonatan Tani o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda Florian Plottenberg xabar berdi.
Manbaga ko’ra, kataloniyaliklar transferni 30-avgustga qadar yakunlashni rejalashtirmoqda. Hozirda tomonlar o’rtasida dastlabki muzokaralar olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, 28 yoshli germaniyalik futbolchi “Bayer” bilan 2025-yilda tugaydigan shartnomasini uzaytirishni istamayapti.
Ma’lumot uchun, o’tgan mavsum Ta barcha turnirlarda 48 ta o’yinda maydonga tushib, 6 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.
