Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya kubogining ikkita o’yiniga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Germaniya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabar berdi.
Noyer Germaniya kubogining 1/8 finalida “Bayer”ga qarshi o’yinda to’g’ridan-to’g’ri qizil kartochka oldi va bu kiperning ikkita o’yinga chetlashtirilishiga sabab bo’ldi.
Birinchi bo’lim o’rtalarida Noyer jarima maydonchasi tashqarisiga yugurib chiqdi va leverkuzenliklarning qanot himoyachisi Jeremi Frimpongni to’xtatib qoldi.
Shundan so’ng u yaqqol golli vaziyatni buzgan deb topildi va maydondan chetlatildi.
Eslatib o’tamiz, ushbu qizil kartochka 38 yoshli darvozabon uchun faoliyatidagi dastlabkisi bo’ldi.