Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Parij-2024 Olimpiya o’yinlari chempionligi qo’lga kiritilganidan so’ng o’z fikrlarini bildirdi.
“Bu yil nimalarga erishganimizni tushunmayapsiz. Ispaniya futboli yetarlicha qadrlanmaydi. Keling, noto’g’ri qarashlarimizdan xalos bo’laylik. Aslida deyarli hech bir jamoa bunga erisha olmaydi.
Qo’lga kiritgan sovrinlarimizga ahamiyat bering. Bu tarixiy oqshom. Biz Olimpiya o’yinlari va Ispaniya sporti tarixida o’chmas iz qoldirdik”, – deydi de la Fuente.
Eslatib o’tamiz, Ispaniya Olimpiya o’yinlari final uchrashuvida Fransiyani 5:3 hisobida mag’lub etib, chempionlikni qo’lga kiritdi. Shuningdek, ispanlar Yevro-2024da ham tengsiz bo’lgandi.