PSJ’ning 29 yoshli vingeri Marko Asensio faoliyatini “Aston Villa”da davom ettiradi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar sotib olish imkoniyatisiz 6 oylik ijara bo’yicha to’liq kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, ispaniyalik futbolchi 2-fevral kuni tibbiy ko’rikdan o’tish uchun Angliyaga uchib ketadi.
Ma’lumot uchun, Asensio joriy mavsum barcha turnirlarda 16 ta o’yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 20 million yevroga baholanmoqda.