“Liverpul” “Atalanta”ning 26 yoshli hujumkor yarim himoyachisi Ton Kupmaynersni o’z safiga qo’shib olmoqchi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, gollandiyalik futbolchi “Yuventus” bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo’yicha kelishuvga erishgan. Biroq, shunga qaramay, mersisaydliklar transferni amalga oshirishga umid qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Kupmayners o’tgan mavsum barcha musobaqalarda 51 ta o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.