“Milan” klubi vingeri Rafael Leao va chap qanot himoyachisi Teo Ernandes Italiya A Seriyasi 3-turidan o’rin olgan “Latsio”ga qarshi bahsda “cooling break” vaqtida zahira o’ridig’i oldiga kelishni istashmadi.
Ushbu vaqtda “rossonerilar” bosh murabbiyi Paulo Fonseka futbolchilarga taktik ko’rsatmalar berdi. Leao va Ernandes o’yin boshlanishini kutib, qarama-qarshi qanot qolishni afzal ko’rishdi.

Uchrashuvdan so’ng Fonseka ushbu holat haqida fikr bildirdi.
“Hech qanday muammo yo’q va biz muammo yaratmasligimiz kerak. Men samimiy insonman va yashirmasdan haqiqatni aytaman”, – deydi mutaxassis.
La Gazzette dello Sport xabariga ko’ra, futbolchilar bunday xatti-harakatlari uchun klub tomonidan jarimaga tortilmaydi.
Ma’lumot uchun, “Milan” A Seriya 3-turidan so’ng 2 ochko jamg’argan holda, turnir jadvalida 14-o’rinda bormoqda.