BAA poytaxti Abu Dabi shahrida mukofot jamg’armasi 63 600 AQSh dollarini tashkil qiladigan Abu Dhabi Chess Festival 2024 turniri bo’lib o’tdi.
Turnirning Masters guruhida 11 nafar o’zbekistonlik shaxmatchi ishtirok etdi.
9-turdan so’ng olti nafar shaxmatchi bir xil 7 ochkodan to’pladi. Biroq qo’shimcha ko’rsatgichlarga ko’ra hamyurtimiz Nodirbek Yakubboyev chempionlikni qo’lga kiritdi.
Nodirbek g’oliblik bilan birgalikda 30 000 AQSh dollarini ham o’ziniki qilib oldi.
Shuningdek, yana bir yurtdoshimiz Shamsiddin Vohidov ham 7 ochko to’pladi, biroq qo’shimcha koeffetsiyentlarga ko’ra uchinchi o’rindan joy oldi va 8 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofotni qo’lga kiritdi.
