Leverkuzenning “Bayer” klubi “Bavariya”ga qarshi Chempionlar Ligasining 1/8 final javob uchrashuvida (0:2) jarohat olgan ispaniyalik himoyachi Mario Ermosoning mavsum so’nggiga qadar safdan chiqqanini ma’lum qildi.
“Bavariya”ga qarshi o’yinda olgan jarohatidan so’ng Mario Ermoso muvaffaqiyatli operatsiya qilindi. Himoyachimiz mavsumning qolgan qismini o’tkazib yuboradi va tezroq tiklanish uchun Verkstattda reabilitatsiyani boshlaydi.
Tezroq qaytishingni tilaymiz, Mario!”, – deyiladi klub bayonotida.
Ma’lumot uchun, Ermoso “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida “Espanyol” va “Atletiko” klublarida ham to’p surgan.
O’tgan yozda ispaniyalik futbolchini “Roma” sotib olgan va yanvar oyida leverkuzenliklarga olti oyga ijaraga bergan.