PSJ klubi himoyachisi Milan Shkrinyar qishki transferlar oynasida jamoasini o’zgartirishi mumkin.
La Gazzette dello Sport xabariga ko’ra, “Napoli” va “Yuventus” 29 yoshli slovakiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq Shkrinyar Turin klubiga o’tishga rozi bo’lganligi haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Shkrinyar joriy mavsum PSJ safida 5 ta o’yinda maydonga tushdi. U faoliyati davomida “Inter” va “Sampdoriya” klublari sharafini ham himoya qilgan.