Madridning “Real” klubi Ispaniya chempionatining yangi mavsumini g’alaba bilan boshlay olmadi. Karlo Anchelotti shogirdlari dastlabki turda “Malyorka” bilan 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
O’yindan so’ng “Real” yarim himoyachisi Jud Bellingem ijtimoiy tarmoqda xabar qoldirdi.
“Bu sprint emas, marafon”, – deb yozadi Bellingem o’z instagram sahifasida.
Ma’lumot uchun, “Real” La Ligadagi navbatdagi o’yinini 25-avgust kuni o’tkazadi. Karlo Anchelotti shogirdlari o’z maydonida “Valyadolid”ni qabul qiladi.