Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem “Valyadolid”ga qarshi o’yinga tayyorgarlik chog’ida mashg’ulotlardan birida jarohat oldi. Bu haqda bosh murabbiy Karlo Anchelotti xabar berdi.
Qayd etilishicha, yarim himoyachining o’ng oyog’ida plantar fasiit tashxisi qo’yilgan, biroq futbolchining qachon safga qaytishi ma’lum qilinmagan.
Fabritsio Romanoning xabariga ko’ra, 21 yoshli vinger sentyabr oyi oxirida mashg’ulotlarga qaytishi mumkin.
Eslatib o’tamiz, Bellingem Ispaniya chempionatining 1-turida “Malyorka”ga qarshi o’yinda maydonga tushdi va 88-daqiqada zahiraga olindi.