Germaniyalik yarim himoyachi Ilkay Gyundogan “Manchester Siti”ga qaytganidan so’ng o’z fikrlarini bildirdi.
Avvalroq, 33 yoshli futbolchi erkin agent sifatida “Barselona”ni tark etgandi.
“Manchester Siti”dagi yetti yil men uchun maydon ichida ham, maydon tashqarisida ham ajoyib davr bo’ldi. Men shaxs sifatida o’sdim, “shaharliklar” muxlislari bilan o’zgacha munosabatda bo’ldim va muvaffaqiyatlarga erishdim. Bu mening hayotimdagi ajoyib davr edi.
Qaytish imkoniyati ko’p narsani anglatadi. Gvardiolani qanchalik hurmat qilishimni hamma biladi. U dunyoning eng yaxshi murabbiyi. U bilan har kuni ishlash seni yanada yaxshi futbolchiga aylantiradi”, – deydi Gyundogan.
Eslatib o’tamiz, Ilkay 2016-yildan 2023-yilgacha ham “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan.