Yozgi transferlar oynasida “Manchester Yunayted” “Renn”dan himoyachi Leni Yoroni sotib oldi. Biroq futbolchi “Arsenal”ga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida jiddiy jarohat olgandi.
Goal xabariga ko’ra, 18 yoshli himoyachi allaqachon tayoqsiz harakat qila boshlagan va yakka tartibda mashg’ulotlar olib bormoqda. Leni noyabr oyida mankunianliklar safiga qaytishi mumkin.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasining dastlabki uchta turidan so’ng 3 ochko jamg’argan holda turnir jadvalida 14-o’rinda bormoqda.