Xabaringiz bor, Fransiyaning “Lans” klubi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnoma imzoladi.
Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev Sport24 nashriga intervyu berdi va Husanovni O’zbekistondagi eng tezkor futbolchi deb atadi.
“U Yevropa darajasiga chiqishiga ishonaman. U mening eng yaxshi do’stim, biz birga ko’p gaplashamiz, terma jamoa yig’inlarida birga yashaymiz.
Men uning qanday yigit ekanligini va nimalarga qodirligini yaxshi bilaman. U istalgan top-klubda o’ynay oladi.
Unda barcha fazilatlar bor: texnika, kuch, aniq pas. Tezlik haqida esa umuman gap bo’lishi mumkin emas. U O’zbekistondagi eng tezkor futbolchi.
Men qisqa masofalarga yugurishni yaxshi bilaman, Husanov esa uzun qadamlari bilan katta masofalarni tezda bosib o’tadi. Biz o’lchab ko’rdik, u taxminan 35 km/soat tezlikda yuguradi”, – deydi Fayzullayev.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” yaqin vaqt ichida Husanovning transferini rasman e’lon qilishi kutilmoqda. Hamyurtimizning transfer summasi bonuslar bilan qo’shib hisoblaganda 50 million yevro bo’lishi avvalroq xabar qilingandi.