“Manchester Yunayted” jarohat olgan hujumchi Rasmus Xoylund o’rniga “Brentford”ning 28 yoshli markaziy hujumchisi Ivan Toni variantini ko’rib chiqmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar bosh murabbiyi Erik Ten Xag Tonining Yevro-2024dagi o’yiniga qo’yil qolgan.
Avvalroq, Xoylund jarohati sabab 6 haftani o’tkazib yuborishi ma’lum qilingandi.
Ma’lumot uchun, Toni o’tgan mavsum barcha musobaqalarda 17 ta o’yinda qatnashib, 4 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.