Amsterdamning “Ayaks” klubi “Yuventus”dan ijaraga olingan markaziy himoyachi Daniele Ruganining transferini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, himoyachi 2025-yilning 30-iyuniga qadar “Ayaks” safida harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, Rugani o’tgan mavsum turinliklar safida 18 ta o’yin o’tkazib, 3 ta golga mualliflik qilgan.