“Atalanta” klubi yarim himoyachisi Davide Zappakosta yozgi transferlar oynasida jamoasini o’zgartirishi mumkin. Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko’ra, 32 yoshli futbolchiga “Napoli” qiziqish bildirmoqda. Bosh murabbiy Antonio Kontening fikricha, Zappakosta jamoaga qo’shimcha kuch bag’ishlaydi.
Ma’lumot uchun, Zappakostaning “Atalanta” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 6 million yevroga baholanmoqda.