Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Harri Keyn qaysi sovrinni qo’lga kiritishni orzu qilayotgani haqida gapirdi.
“Mening orzuyim – jamoa bilan Bundesliga va Chempionlar ligasida g’olib bo’lish. Shuningdek, terma jamoa bilan ham yirik turnirda g’alaba qozonishni istardim.
Mavsumdagi maqsadim – imkon qadar ko’proq chempionlikni qo’lga kiritish”, – deydi Harri Keyn.
Eslatib o’tamiz, 31 yoshli angliyalik forvard 2023-yilning avgust oyida “Tottenhem”dan “Bavariya”ga ko’chib o’tgandi. O’tgan mavsumda Keyn barcha turnirlarda 45 ta o’yinda maydonga tushib, 44 ta gol va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.