Londonning “Arsenal” klubi “Inter” hujumchisi Lautaro Martinesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, “kanonirlar” yozda o’zining transfer rekordini yangilamoqchi va Lautaro uchun 120 million yevrodan ko’proq mablag’ taklif qilmoqda.
Eslatib o’tamiz, “Arsenal” qishki transferlar oynasida faol ravishda yangi hujumchi qidirdi, biroq hech kimni qo’lga kirita olmadi.
Ma’lumot uchun, Martines joriy mavsum barcha turnirlarda 31 ta o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.