Rimning “Roma” klubi hujumchisi Paulo Dibala “Al-Qodisiya” klubiga o’tmaslikka qaror qildi. Saudiyaliklar hujumchiga umumiy qiymati 75 million yevroni tashkil qiladigan 3 yillik shartnoma taklif qilgandi.
Football Italia nashrining xabariga ko’ra, xayrlashuv chog’ida “Roma” futbolchilari va xodimlari Dibalaning qarorini o’zgartirishga muvaffaq bo’lishgan. Shuningdek, jamoa muxlislaridan kelgan xatlar va sovg’alar ham uning Rimda qolishiga ta’sir ko’rsatgan.
Bundan tashqari, Dibalaning onasi va rafiqasi ham futbolchining Saudiya Arabistoniga ko’chib o’tishiga qarshi chiqishgan.
Eslatib o’tamiz, dastlab Dibala “Al-Qodisiya”ning taklifiga rozi bo’lgandi.